Sergey Arslonov: Raqib futbolchilarimizni yaxshi qo‘riqladi

Coca-Cola Superliga 12-turida “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov mag‘lubiyat sabablari, Nimelining o‘yini, charchoq va raqib haqida gapirdi.

“Bu fikrni qaytarishni uncha istamayman, ammo yana qaytaraman – yana ikki xil taym ko‘rdik. Jamoam dastlabki taymda mazmunliroq o‘ynadi. Tepa blokda yaxshi harakat qildik. Ammo, vaziyatlardan foydalanishda biroz oqsadik. Raqib tajribali va tartibli jamoa ekanini bilardik. Darvozamizdan gol o‘tkazib ham oldinga intildik. Shunchaki, raqib bugun bizga gol urishga bermadi”, - dedi Arslonov.

“Nimeli ancha tirishqoq va hujumda imkoniyat izlaydigan futbolchi. Bugun shunchaki, raqib unga qarshi qattiq himoyalandi. Uni yaxshi qo‘riqlashgani uchun vaziyatlar deyarli yaratmadi. Shunday bo‘lsada, harakatlaridan qoniqdim. Raqiblarga doim bosim uyushtirishi ancha foyda berdi”.

“Asilbek Jumaevga ham “Paxtakor” futbolchilari alohida biriktirilgani uchun bugun o‘yini qovushmadi. U juda talabchan va to‘pni nazorat qilishga harakat qiladigan futbolchi. Uni ham qattiq va jiddiy tarzda qo‘riqlashgani uchun o‘zini ko‘rsata olmadi”.

“Bugun yuqorida borayotgan jamoalar bilan pastdagi jamoalar darajasi orasida farq oldingidek emas. Barcha jamoalarda saviyali va darajasi yuqori futbolchilar yig‘ilgan. Barchaning o‘z uslubi va qarashlari bor. Biz ham ligada boshqalarga bemalol qiyinchilik tug‘diradigan, o‘z uslubimizga ega klub sifatida shakllanishni reja qilayapmiz”

“Paxtakor” hozir bizga ham uy stadioni vazifasini bajarib kelayapti. Shunday bo‘lsada, stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga raxmat”

mib
uzcard
cola
apex
bmb