Vesko Steshevich: Durang ham yaxshi natija

Coca-Cola Superliga 12-turida o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda durang natija qayd etgan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘yindagi xatolar, charchoq, durang adolatli natija bo‘lgani va yoshlar haqida fikr bildirdi.

“O‘yinni reja qilganimizdek boshlagan edik. Ammo, yana xatolar qildik va raqibga gol urish imkonini berdik. Futbolchilarga jarima maydonchasi ichida ehtiyotroq o‘ynashlari kerakligi haqida aytgan edik. Ammo, kerak bo‘lmagan joyda yana shunday xato qilayapmiz. Darvozaga orti bilan turgan futbolchiga nisbatan bunday o‘ynamaslik kerak. Umuman olganda, biz uchun bugun durang yaxshi natija. Bir ochko ham ochko”, - dedi Steshevich.

“Jarohat olganlar va chetlatishlar tufayli maydonga tusha olmagan futbolchilarning o‘rnida harakat qilganlar yomon taassurot qoldirishmadi. Bugun maydonga tusha olmagan futbolchilar jamoamiz uchun muhim o‘yinchilar. Ammo, bugun o‘ynagan futbolchilar ham yaxshi harakat qilishdi”.

“Ibrohim Ibragimov endigina mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Umid qilamanki, yaqin orada jamoa safiga qaytib o‘z formasini yana tiklab oladi”.

“Jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoamiz futbolchilarining o‘yinlarini kuzatdim. Albatta, ular uchun xursandman va bu biz uchun quvonarli. Jamomizdan futbolchilar taklif etilgani faxrlantiradi. Ne’matjonov uchun ham xursandman. Kecha u bilan gaplashib, ajoyib g‘alaba bilan tabrikladim”

mib
uzcard
cola
apex
bmb