Aleksandr Xomyakov: Yigitlarga jasorat namoyish etayotganlari uchun rahmat

Coca-Cola Superliga 12-turida “Turon”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jasorat, moliyaviy masalalar, raqiblar va Xebay haqida fikr bildirdi.

“Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Yigitlar bugun yana iroda ko‘rsatishdi. Muxlislar uchun ham o‘ynashimiz kerak edi. Buni futbolchilarga aytgan edim. O‘yin davomida barchasi biz kutgan stsenariy ostida bo‘lmadi. Yaxshi futbol o‘ynadik demayman, ammo harakatlarimiz evaziga g‘alaba qozondik. Bundan xursandman”, - dedi Xomyakov.

“Raqib futbolchisi maydondan chetlatilgandan keyin ustunlik bizga o‘tishi kerak edi, ammo shunday bo‘lsada, vaziyatlar yaratishda qiynaldik. Shu bois, ko‘proq qanotlardan hujum qilishni reja qildik. Yakunda yigitlar iroda ko‘rsatishdi va g‘alabaga erishdik”.

“Men uchun noqulay yoki qulay raqib yo‘q. Barchasi biz uchun qiyin raqiblar. Ligada oson raqibning o‘zi yo‘q. Barchasi noqulay deya olaman. Statistikani kuzatmayman. “Turon”ni Superligada hali mag‘lub etmaganimiz haqida eshitmagan edim. Bunday narsalarni jiddiy kuzatmayman”.

“Klubdagi moliyaviy vaziyat haqidagi savollarga javob berish vakolatiga ega emasman. Biz o‘z ishimizni bajarayapmiz. Qolgan masalalar ham hal etiladi”

“Rubin Xebay hozircha bizning tarkibimizda va biz uchun gollar urmoqda. Bizni quvontirayotgan jihat shu. Boshqa narsa ayta olmayman”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb