Denis Bushuyev: Futbolchilarda kuch qolmadi

Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Turon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Bushuyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv haqidagi fikrlarim salbiy. Chetlatishga qadar jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edi. Qizil kartochka bor yoki yo‘qligi haqida biror narsa deyolmayman. Kamchilikda harakat qilish doim qiyin bo‘lgan. Qanchadir vaqt mobaynida darvozamiz daxlsizligini ushlab turdik, keyin yigitlarda kuch qolmadi.

O‘tgan bellashuvlar haqida  emas, bugungi bahs haqida gaplashsak ma’qul bo‘lardi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, qizil kartochkaga qadar barchasi yaxshi ketayotgan edi. Hisobda oldinda boryotgan, gol kiritish uchun vaziyatlar yaratayotgan edik. Jamoam oxirigacha kurashmoqda, o‘ynamoqda. Kichik detallar uchrashuv taqdirini hal qilyapti. Jamoaning kelajagiga yaxshi umid bilan qarayapman. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko‘p, ular professional futboldagi ilk qadamlarini tashlashmoqda.

Turnir jadvalining birinchi yoki ikkinchi qismidagi jamoa deb ajratmasdan maksimal kuch bilan o‘ynash kerak. Afsuski, bugun biz mag‘lub bo‘ldik.

Men Aleksandr Xomyakov bilan murabbiylik kursida birga o‘qiganman. Ancha vaqtdan buyon u bilan ko‘rishmagan edim. Albatta, ko‘rib xursand bo‘ldim, uni g‘alaba bilan tabriklayman”, – dedi Bushuyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb