Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun yana 2 ochko yo‘qotdik, qaerdadir mahorat etmadi, qaerdadir hujumni yakunlay olmadik. Tablodagi hisob bizni qoniqtiradi. O‘yindan rohat ololmadik va o‘zimiz istagan natijaga erisha olmadik.
Kelgusi bahs kubok doirasida “Metallurg”ga qarshi bo‘ladi. Tarkibda rotatsiya bo‘lishi aniq. Yigitlarga o‘yin amaliyoti berish kerak, biroq natijani birinchi o‘ringa qo‘yamiz”, – dedi Levchenko.