Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan OKMK – “Buxoro” (3:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uch ochkoni qo‘lga kiritdik va shu eng muhimi. Qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘ldik. O‘yin avvalida o‘tkazib yuborgan golimiz, ancha muammo tug‘dirdi. O‘yin so‘ngida esa yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozondik. “Buxoro” juda ham noqulay raqib. Biz yangi sxemada o‘ynamoqdamiz, uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynamoqdamiz. Eng muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
“Turon”ga qarshi bahsdan so‘ng oradan bir hafta o‘tdi va o‘tgan uchrashuv tarixga aylandi. Har bir bellashuv biz uchun birdek muhim. Futbolchilar avvalambor chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislar uchun o‘ynashi kerak”, – dedi Qosimov.