“Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida“Qizilqum” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Ba’zi rejalar o‘xshadi, ba’zilari esa o‘xshamadi. Bu o‘yinda uch ochko olishimiz shart edi. Biz uchun hozir eng muhimi natija. Matonat va fidoyilik ko‘rsatgan futbolchilar oldida shlyapamni echaman. Nihoyat, muxlislarimizni xursand qilishga erishdik. O‘z navbatida ishqibozlarga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar bizni qo‘llab-quvvatlashyapti va ularga rahmat.
Kubok doirasidagi “Navbahor”ga qarshi bellashuvdan so‘ng tiklanish uchun biroz vaqt kamlik qildi. Raqibda esa uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki kun ko‘proq vaqt bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, yigitlarimiz barchasini – o‘yin va natija muhimligini his qilib turishdi. Uchrashuv boshida ancha qiyin bo‘ldi, asabiy holat yuzaga keldi. Bunday bahslarda g‘alaba qozonish juda ham muhim”, – dedi Xomyakov.