Murod Otajonov: “Navbahor”dan bunday start kutmagan edik

 “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Murod Otajonov Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida “Navbahor”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

“Futbol ikki taym o‘ynaladi, birinchi bo‘limda yomon harakat qilib, ikkinchi 45 daqiqalikda barchasini o‘nglash qiyin masala. “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Tanaffusdan keyin amalga oshirgan o‘zgarishlarimiz o‘yinning borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Davron Ergashevdek tajribali futbolchining tarkibda yo‘q ekanligini darrov bilinadi. Ba’zi nuqtalarda mahoratli o‘yinchilar bo‘lmasa, murabbiy rejalari o‘xshamaydi.

“Navbahor” doim hujumkor o‘yin namoyish etadi. Jamoa safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiluvchi futbolchilar bir nechtani tashkil qiladi. Shunga qaramay, bunday start kutmagandik.

Biz standart vaziyatlar ustida ish olib boramiz, ammo bugun birorta standartdan naf chiqara olmadik. Menimcha, namanganliklar bu borada bizga qaraganda ko‘proq ter to‘kkan ko‘rinadi”, – dedi mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb