Vitaliy Levchenko: Ikki jamoaga ham gollar yetishmadi

Coca-Cola Superliga 11-turida safarda “Olimpik”ka qarshi durang o‘ynagan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bugungi o‘yinga gollar etishmagani, kamchiliklar, darvozabonlar tanlovi va chempionlik poygasi borasida fikr bildirdi.

“Bugun kurashlarga boy va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Birinchi taymda vaziyatlar bo‘ldi. Ikkinchi taymda darvoza ustuni va to‘sinini poyladik. Raqibda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Umuman, ikki jamoa ham bugun vaziyatlar yarata oldi. Bugungi o‘yinga faqatg gollar yetishmadi”, - dedi murabbiy.

“Jamoada yo‘qotishlar bor va tarkibni shunga qarab tanlayapmiz. Jamoada asosiysi raqobat bor. Mashg‘ulotlar jarayonida kimlar qanday harakat qilayapti, bu ham muhim omildir. Kamchiliklar etarli. Ularni bartaraf etishga harakat qilamiz”.

“Barchasidan qoniqish hosil qiladigan, xatolardan xoli murabbiy bo‘lmasa kerak. Futbol borki, kamchiliklar va xatolar bor. Biz ham ideal emasmiz”.

“Nazarov olimpiya termasi darvozaboni va unga imkon bermasak g‘alati bo‘lardi. U o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalandi va o‘zini ko‘rsata oldi. To‘raev ham sifatli darvozabon va dastlabki sakkizta o‘yinni yaxshi o‘tkazdi. Yana bir darvozabonimiz hozir yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionatida. Darvozabonlarimiz orasida raqobat bo‘lgani yaxshi”.

“Hali chempionlik poygasidan chiqmadik. Chempionlik uchun kurash davom etayapti. Biz shunchaki futbol o‘ynayapmiz. Futbolchilar harakat qilishayapti. Murabbiy sifatida ularning harakatlari menga yoqayapti”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb