Mirjalol Qosimov: “Turon” zich himoyalandi

Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Turon” – OKMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Kutilmaganda sodir bo‘lgan chetlatish va qizil kartochka uchrashuvga ta’sir qildi. Shunga qaramasdan yigitlar vaziyatni o‘nglash uchun oxirigacha harakat qilishdi.

“Turon” jamoasi bugun juda ham zich himoyalandi va shu sabab Boakye birinchi bo‘limda ko‘rinmadi. Lekin vaziyatlar yaratib, kombinatsion o‘ynashga harakat qildik.

Komilovda biroz xayajon sezilgandek tuyuldi. Qo‘l ostimda 20 nafar futbolchi bo‘lsa, ularning hammasidan foydalanishimiz kerak. Qilingan zaxira almashtirishlari oqladi yoki yo‘q demagan bo‘lardim. Jamoamizda hamma yutadi, yoki hamma mag‘lub bo‘ladi, yakka bir futbolchi emas”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb