Coca-Cola Superliga 11-turida “Surxon”ga imkoniyatni boy bergan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich mag‘lubiyat sabablari, O‘rinboevning o‘yini, ikki xil taymlar va Obradovich haqida fikr bildirdi.
“O‘yinni yaxshi boshlashga erishayapmiz, ammo keyin xatolar qilayapmiz. Avvalgi o‘yinlardagi kabi yaxshi boshlab, keyin negadir ishlarimiz o‘xshamayapti. Yigitlarga nima bo‘layotganini tushunmayapman. Balki chetlatish, balki boshqa sabablar bordir. Bilmayman. Bularni bartaraf etish yo‘llarini izlaymiz”, - dedi murabbiy.
“Ikki turli taymlar ko‘rdik. Raqiblarga o‘zimiz sovg‘alar ulashayapmiz. Xatolar qilayapmiz va raqiblarga imkon yaratib berayapmiz”.
“Obradovich bugun o‘yinga qo‘shila olmadi. Umuman, xatolar hammada bor. O‘yinimiz unchalik yomon emas. Shunchaki, juda ko‘p xato qilayapmiz”.