Ulug‘bek Baqoyev: Tarkibdagi futbolchilarning darajasi har xil

Coca-Cola Superliga 10-turida safarda “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev psixologik holat, futbolchilarning darajasi, yosh futbolchilar va Dilshod Jo‘rayevning maydondagi pozitsiyasi haqida gapirdi.

“O‘yinni yomon boshladik va bu nima bilan bog‘liqligini bilmayman. Bugun chempionga qarshi bahs olib bordik va ular har jabhada bizdan kuchliligini ko‘rsatishdi. Ayniqsa, birinchi taymda ular to‘pga egalik qilishda, texnik aspektlarda va epizodlarda bizdan ustun edilar. Ikkinchi taymda o‘yinimizni o‘zgartira oldik, vaziyatlar yaratdik, ammo, ulardan unumli foydalana olmadik. Oxirgi daqiqalarda, xatto penaltidan ham gol ura olmadik. Menimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi”, - dedi Baqoyev.

“Tarkibda turli xil saviya va darajadagi futbolchilar bor. Ularning maydondagi hatti-harakatlari aynan darajaga bog‘liq. Agressiya etishmayotganining sababi ham menimcha aynan shundandir”.

“Bugun yutqazayotganimiz uchun maydonda taktik o‘zgarishlar qilishimiz kerak edi. Yarim himoya chizig‘imiz yaxshi o‘ynay olmadi. Almashtirishlar sababi, aynan shu. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani sababli, maydonda o‘zgartirishlar qilishimiz lozim edi. Stanislavlievichni ertaroq almashtirilishi shu sabablidir”.

“Barchasini qisqa vaqtda o‘zgartira oladigan sehrgar emasmiz. Buning uchun vaqt kerak. Bizda yosh iqtidorli futbolchilar etarli va ular bilan ko‘proq ishlashimiz kerak. Ko‘proq mehnat qilsak, natijaga qila olamiz”.

“Raqib maydonda bir kishi kamchilik bo‘lib qolgach, ko‘proq hujumga chiqishimiz kerak edi va aynan shuning uchun Dilshod Jo‘raevni biroz oldinroqqa chiqib o‘ynashini lozim topdik. Bu taktik o‘zgarish edi. Keyingi o‘yinlarda ham uni oldingi chiziqqa yaqin joyda o‘ynatarmiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb