Coca-Cola Superliga 10-turida safarda “So‘g‘diyona”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Turon” klubi bosh murabbiyi Denis Bushuev mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.
“Raqibni haqqoniy g‘alaba qozongani bilan tabriklayman. Ajoyib stadion, ajoyib maydon va muxlislar. Ochig‘i, bugun jamoamni taniy olmadim”, - dedi Bushuyev.
“O‘yin avvalidan maydonda qandaydir istak va agressiya ko‘rmadim. Qolaversa, jamoa a’zolarida charchoq sezildi shekilli. Bir hafta ichida uchta o‘yin biroz ko‘plik qilgan bo‘lishi mumkin. Raqib ajoyib o‘yin namoyish etdi. Ularni tabriklayman”.