Asror Aliqulov: Futbolchi tanlashda xato qildik

Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan OKMK – “Qizilqum” (4:0) uchrashuvidan so‘ng navoiyliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi mag‘lubiyatda aybni o‘z zimmamga olaman. Birinchi golga qadar yaxshi harakat qildik. Uchrashuv so‘nggida esa intizomni yo‘qotdik va 10 kishi qolganimizdan so‘ng OKMK istagan ishini qildi.

Kenjaboyev bilan bog‘liq vaziyat haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bu xunuk holat. Biz uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmadik. Himoyalanishda sustkashlik qildi. Bu jamoaning ichki muammolari va albatta o‘yinga ta’sir qilmasdan qolmaydi.

Futbolchi tanlashda xato qildik va bu qimmatga tushmoqda. Biz yangi jamoa tuzganmiz, jamoadagi uzoq vaqtdan buyon to‘p tepib kelayotgan futbolchilar bunda ichki muhitni yaratishi lozim. Tarkibda yangilar ko‘p, masalan, legionerlarimiz turli qit’alardan va hali oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p”, – dedi Aliqulov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb