Samvel Babayan: Hali shu vaqtgacha optimal tarkibni yig‘a olmadik

Coca-Cola Superliga 9-turida safarda “Nasaf” bilan durang o‘ynagan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi ehtiyotkor o‘yin, raqib, avvalgi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar va raqobatchilar haqida gapirdi.

“To‘g‘risini aytsam, durang adolatli natija bo‘ldi. Bugun ikkala jamoa ham ehtiyotkor o‘ynadi. Bugun mamalakatning ikki kuchli va peshqadam jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ancha qiziqarli va shiddatli bo‘ldi. Munosib jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda munosib durang. Bugun 9-tur uchrashuvi va aytishim mumkinki, hali optimal tarkibni yig‘a olmadik. Bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q edi, boisi o‘zbek futbolidagi ajoyib shaxs va mutaxassislardan biri, ustozimiz Viktor Jalilovning xotirasi uchun ham o‘ynagan edik”, - dedi Babayan.

“Bahsning boshidan biroz pastroqda joylashishga majbur bo‘ldik. Buni reja qilmagan edik, ammo shunday bo‘ldi. Kurashlarda raqibga imkoniyatni boy berdik. Ular to‘pni bizdan chaqqonlik bilan yulib olishdi. Sifat bo‘yicha yutqazmagan bo‘lishimiz mumkin, ammo kurashlarda raqibga yutqazdik”.

“Tarkibda muammolar bor ekanini aytishim kerak. Avvalgi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar uchun hali kurashamiz. Bugun chempionatda bizga qarshi jamoalar katta motivatsiya bilan o‘ynashyotganini inkor qilmaslik kerak. Asosiy raqib sifatida aynan bizni ko‘rishayapti”.

“Tarkibda Boltaboev va Xoshimovning yo‘qligi bilindi. Boshqa muammolar ham etarli. Tarkibga qarasangiz, yoshlar jamoalaridan taklif etilgan yoshlar bor. Ularga ham imkon berishga harakat qilayapmiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb