Shuhrat Toshpo‘latov: G‘alabaga loyiq edik

Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun Superliganing eng kuchli jamoalaridan biri bilan bahs olib borganimizga qaramasdan o‘yin nazorati to‘liq bizda bo‘ldi. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Boisi, “Navbahor”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Biroq o‘z vaziyatlarimizni golga aylantira olmaganimiz sabab durang o‘ynadik.

Har bir jamoa o‘z maydonida g‘alaba qozonishni istaydi. Bugun raqibga nisbatan ko‘proq vaziyatlar yaratdik va o‘ylaymanki, g‘alabaga loyiq edik.

Tojikistonlik legionerga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning pozitsiyasida Nasrullayev hozir yaxshi formada bo‘lib turibdi va shu sabab uni maydonga tushirmayapmiz.

Ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirish maqsadida Mozgovoy o‘rniga Abdurahimovni maydonga tushirdik. Mannonovda esa kichik jarohat bor edi. Uning o‘zi o‘zgartirish qilishni istadi. Sidiqovda esa toliqish kuzatilgani sabab zaxiraga oldik”, – dedi Toshpo‘latov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb