Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Olimpik” (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
“Qiziqarli uchrashuv bo‘ldi, g‘alabaga yaqin edik. Ikkala jamoa ham kurashlarga boy o‘yin ko‘rsatishdi. Jamoam o‘yinida yaxshi jihatlarni ham ko‘rdim, salbiylari ham ko‘zga tashlandi. Xatolar ustida ishlaymiz. Yuzaga kelgan tanaffus ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Ikkinchi taymda charchoq alomatlari sezildi. Balki, o‘zgarishlarni vaqtliroq amalga oshirish kerak edi. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Bugun 1 ochkoni qo‘lga kiritdik, g‘alaba qozonsak ham bo‘lar edi, lekin hozirgi “Bunyodkor” ham yaxshi shakllangan jamoa.
O‘tkazib yuborgan golimizni ko‘rmadim. Menimcha, himoyachi xato qildi. Shogirdlarim endi ikkinchi mavsum Superligada o‘ynamoqda va asta-sekin rivojlanib borishmoqda. Bugun uchrashuvga rahbariyat va mehmonlar ham tashrif buyurgan edi. Albatta, bunday bosimda o‘ynash oson emas”, – dedi Kapadze.