Denis Bushuyev: Mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmadik

Coca-Cola Superliga  9-turida o‘z maydonida “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan “Turon” klubi bosh murabbiyi Denis Bushuyev jamoasi mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmagani, yoshlarga berilayotgan imkon, Abega va Norbekovning maydonga tushirlmagani sabablari va raqib ajratmasligi haqida gapirdi.

“Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik. Penaltini aniq amalga oshira olganimizda, menimcha, hammasi boshqacha kechardi. Birinchi bo‘limda qisqa va o‘rta paslar bilan himoyadan chiqishda biroz muammolar yuzaga keldi. Ikkinchi taymda uzunroq paslar orqali o‘ynashga intildik, sababi raqib yuqoriroq joylashgan edi. Bugun mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin bo‘lmoqda, chunki, futbolchilar yaxshi o‘ynashdi va darajalarini ko‘rsatishdi. Buning uchun ularga rahmat deyman”, - dedi Bushuyev.

“Bugun qanotlarda yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ular yomon harakat qilishmadi. Maydonga tushish uchun barcha haqli. Barchasi mashg‘ulotlarda ter to‘kib harakat qilishayapti. Ammo, maydonga faqat o‘n bir kishini tushira olaman. Abega agar maydonga tushmagan bo‘lsa, unga imkoniyat berilmayapti degani emas. Norbekov bilan ham shunday holat. U ham bugun o‘ynamagan bo‘lsa ham, bizga kerakli futbolchi”.

“Men umuman raqib tanlamayman va ularni ajratmayman. Superliga vakilimi, Pro ligami, barchasiga qarshi jiddiy tayyorlanamiz. Keyingi raqib “Sho‘rtan” Pro liga vakili bo‘lsa ham, ularga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Mana bugun turnir jadvalida birinchi va oxirgi o‘rinda borayotgan jamoalar o‘ynadi, ammo maydondagi o‘yinga qarab bunday deyish qiyin. Chunki, jamoalar saviyasi va darajasi o‘rtasidagi farq sezilmasligi mumkin. Qolaversa, “Sho‘rtan” ham bizga qarshi boshqacha motivatsiya bilan maydonga tushadi”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb