Coca-Cola Superliga 9-turida o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy bergan “Andijon” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyat sabablari, Bekmurodovni ertaroq almashtirmagani xato qaror bo‘lgani, futbolchilarning juda hissiyotlarga berilgani va aybni o‘z zimmasiga olishi haqida gapirdi.
“Qizil kartochkadan keyin o‘yinimiz chiqmadi. Yakunda ikki gol o‘tkazib alamli tarzda mag‘lub bo‘ldik. Shunchaki, gollarda diqqatimizni yo‘qotdik. Futbolchilar yomon harakat qilishmadi, ammo, xatolar qimmatga tushgani rost”, - dedi Xomyakov.
“Albatta, Bekmurodov biroz ehtiyot harakat qilishi kerak edi. Sariq kartochka olgan futbolchi bunday tavakkal qilishi professionallik emas. Albatta, uni ertaroq zaxiraga olishim kerak edi, ammo bu pozitsiyada u menga kerak futbolchi edi. Qizil kartochka uning juda qiziqqonligi va hissiyotlarga berilganidan paydo bo‘ldi. Tajribali futbolchi bo‘lgani uchun unga ishongan edim”.
“Barcha futbolchilar g‘alaba qozonishni istaydi va ulardagi hissiyot aynan shundan. Juda ko‘p asabiylashish va xatolar ham shundan kelib chiqadi. Murabbiy sifatida barcha aybni o‘z zimmamga olaman”.
“Biz o‘tkazib yuborgan gollarimizda himoyachilarning aybi yo‘q. Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, gollar uzoq masofadan urildi. Himoyachilar o‘yin davomida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni yaxshi bajarishdi”.