Coca-Cola Superliga 9-turida safarda “Andijon” ustidan irodali g‘alabaga erishgan “So‘g‘diyona” klubi ustozi Ivan Boshkovich birinchi taymdagi xatolar va irodali g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi.
“Birinchi taymda raqib bizni to‘lig‘icha yutdi. Aynan futbolchasiga imkon qoldirmadi. Ammo, ikkinchi taymda biz o‘yinni o‘zgartirdik. Bir kishi ko‘p o‘ynaganimiz foyda berdi. Vaziyatlarni golga aylantirishga erishdik”, - dedi Boshkovich.
“Mashg‘ulotlar vaqtida o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Ko‘proq qanotdan hujum uyushtira oldik. Birinchi taymdagi o‘tkazib yuborgan golimizda himoyachilarimizning o‘zaro tushunmovchiligi sababli kelib chiqdi. Yakunda shogirdlarim iroda ko‘rsatishdi”.