“Navbahor” Andrey Kanchelskis oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajardi

OFK nazorati ostida o‘tadigan litsenziyalash jarayoni yakuniga yaqinlashdi. Uning eng muhim mezonlaridan biri — klubning amaldagi yoki sobiq futbolchi hamda murabbiylaridan qarzdorligi bo‘lmasligidir.

FIFA Futbolchilar maqomi va o‘tishi qo‘mitasi 2021-yilning 25-avgust kuni “Navbahor” futbol klubi va uning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan va rossiyalik mutaxassis da’vosini qisman qondirib, “Navbahor” futbol klubi sobiq bosh murabbiyiga to‘lov amalga oshirishi lozimligini belgilangan edi. Shuningdek, yana bir sobiq murabbiy Aleksey Belenkov bo‘yicha ham nizoli vaziyat mavjud edi. Keyinroq futbol klubi va ikki mutaxassis o‘rtasida tinchlik bitimi imzolanib, qarzdorlik kelishilgan muddatlar oralig‘ida bo‘lib to‘lanishiga kelishildi.

Kuni kecha “Navbahor” Kanchelskis bilan to‘liq hisob-kitob qildi. Avvalroq Belenkovdan qolib kelayotgan qarzdorlik bartaraf etib bo‘lingandi. Shu tariqa Andrey Kanchelskis to‘lovning yakuniy qismini qabul qilib olganini yozma ravishda tasdiqladi. “Navbahor” esa rossiyalik sobiq murabbiylari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to‘liq bajardi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb