Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Olimpik” (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Nasaf”ga qarshi bellashuv oson bo‘lmasligini bilar edik. Barchasi reja bo‘yicha ketayotgan edi. Taym so‘nggida standarta vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik va barchasi o‘zgarib ketdi. Uchrashuvdan oldin Aliqulov eng xavfli raqib ekanligini ta’kidlagan edim. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz.
Bahsdan oldin Jaloliddinov va yana 7-8 nafar futbolchimizda shamollash alomatlari bor edi. Ayrimlarning tana harorati ham yuqori edi. Shu sababli Jasurni zaxiraga olishga qaror qildim.
7 uchrashuvda 9 ta to‘p o‘tkazib yubordik, biz standart vaziyatlar ustida ishlashimiz kerak. Bugun barcha gollar ham aynan jarima zarbalaridan kiritildi. “Nasaf” deyarli barcha uchrashuvlarda shunday gol kiritmoqda.
“Paxtakor” bilan bahsdan so‘ng “Olimpik”da pasayish bo‘ldimi? “Paxtakor”ninng yoshlariga qarshi bellashuvda 3 ta qizil kartochka oldik. Keyin “So‘g‘diyona” bilan uchrashuvda ham chetlatish ro‘y berdi. Bizni shu jihat qiynadi. Mavsum hali oldinda, bizning vazifamiz boshqa, Superliga biz uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. O‘ylaymanki, mavsum oxirida yuqori o‘rinda bo‘lamiz”, – dedi Kapadze.