Shuhrat Toshpo‘latov: Barcha vaziyatlarni golga aylantirdik

Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Olimpik” (3:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Olimpik” futbolchilari yosh bo‘lishlariga qaramay, kombinatsion o‘yin namoyish etadi va biz bunga tayyor edik. Shu bois, to‘p nazorati raqibda ko‘proq bo‘ldi. Himoyachilar bugun tartibli harakat qilishdi, qolaversa, “Bunyodkor”ga qarshi bahsdan farqli o‘laroq barcha imkoniyatlarni golga aylantirdik.

Chempionat endi boshlandi va shoshmagan ma’qul. Oldinda uchrashuvlar ko‘p, umid qilamanki, Amonov hali gollar urib, muxlislarni xursand qiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimdek, mavsum endi boshlandi va o‘yinlar ko‘p. Hammaga imkoniyat beriladi. Hozirgi kunda Lima yaxshiroq harakat qilyapti va shu bois boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmoqda.

Sidiqovda kichik jarohat bor edi. Shu sababli “Bunyodkor”ga qarshi bellashuvda tavakkal qilib, uni maydonga tushirmaslikka qaror qilgandik”, – dedi Toshpo‘latov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb