Samvel Babayan: Jamshid 11 metrlik zarbani qanday yo‘llaganini ko‘rmadim

Coca-Cola Superliga 7-turida safarda “Turon”ni mag‘lub etgan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan birinchi taym jamoaning stsenariysi ostida o‘tmagani, chetlatishdan so‘ng taktikani o‘zgartirgani, Iskanderovning penaltisi va Jokichning yangi pozitsiyasi haqidagi fikrini bildirdi.

“Muxlislarga yoqadigan o‘yinga guvoh bo‘ldik. Ikkala jamoa ham keskin kurashlarga boy o‘yin namoyish etib berishdi deyish mumkin. Biz birinchi taym davomida avvaldan o‘ylangan ssenariy bo‘yicha o‘ynay olmadik. Rejamiz biz kutgan ishni bermadi. Ikkinchi taym esa biz kutgandek o‘tdi. To‘pni nazorat qildik, hatto kamchilik bilan o‘ynab ham penalti ishladik va bu ko‘rsatgan o‘yinimizdan xursandman. Bugungi bahs uchun futbolchilarim bilan faxrlanaman”, - dedi Babayan.

“Bir kishi kam bo‘lib qolganimizdan so‘ng ko‘proq to‘pni nazorat qilishga intildik. Raqib ham bunga imkon berdi deyish mumkin. Ularning pressingidan oson chiqib keta oldik. Qolaversa, bunda Iskanderovning xizmati katta bo‘ldi. U to‘p qayerda bo‘lsa o‘sha yerda edi. Bizga to‘pni nazorat qilishga uning maydondagi ajoyib harakatlari yordam berdi”.

 “Ochig‘i, Iskanderov penalti tepayotganda uni qanday qilib tepayotganini ko‘rmadim. Bugun u, avvalroq Jokich ham penaltidan gol ura olmagan edi. Ammo, ular buni o‘yinlardan gol urib yuvib ketishayapti. Mayli, 11 metrlik jarimadan urishmasa ham o‘yinlardan urib buni kompensatsiya qilib kelishmoqda”. 

“Jokich bunga qadar ham himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan edi. U avvalgi bellashyvda ham shu pozitsiyada o‘ynab bizga yordam bergan edi. Jokich yuqori klassdagi futbolchi va u maydondagi istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb