Coca-Cola Superliga 7-turida o‘z maydonida “Qizilqum”ni kichik hisob bilan mag‘lub etgan “So‘g‘diyona” klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich uzoq kutilgan g‘alaba jamoaga nima berishi, Zaymovichning harakatlari va raqib haqida gapirdi.
“Avvalo, bu g‘alabani uzoq kutganimiz va bundan xursandligimizni aytmoqchiman. Olti oydan buyon ilk g‘alaba bilan muxlislarni va barchani tabriklayman. Umid qilamanki, bu g‘alaba navbatdagi o‘yinlar oldidan bizga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytaradi”, - dedi murabbiy.
“Zaymovich harakat qilmoqda va jamoamizga foyda keltirmoqda. Oldingi uchrashuvda ham so‘nggi daqiqalarda gol urdi va bu unga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirdi deyishim mumkin. Men ham hujumchi bo‘lganman va hujumchidagi muammolarni tushunaman. Albatta, unda ham muammolar yo‘q emas. Ammo, bugun gol urib jamoaga g‘alaba keltirdi. Qanday qilib uni tanqid qilay”.
“Bugun shuningdek “Qizilqum” maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgandan keyin ham yaxshi o‘ynaganini aytmoqchiman. Ular yaxshi himoyalanishdi va bizga qiyinchilik tug‘dirishdi. Asror Aliqulovga omad tilayman”