Maksim Shatskix: Mirjalol Qosimovning jamoalariga qarshi o‘ynash qiyin

Coca-Cola Superliga 7-turida OKMK klubini mag‘lub etgan amaldagi chempion – “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix Qosimovning jamoalariga qarshi o‘ynash qiyinligini, birinchi taymda nima halaqit qilgani, Saitovning o‘yini va zaxira o‘rindig‘i haqidagi fikrlarini aytdi.

“Avvalo, aytishim kerakki bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Og‘ir uchrashuv kutayotganini bilardik. To‘g‘risini aytsam, Mirjalol Qosimovning jamoalariga qarshi o‘ynash qiyin. U qayerda ishlamasin uning jamoalari yaxshi,futbol o‘ynaydi. Qiyin bahsda qiyin g‘alabaga erishdik”, - dedi Shatskix.

“Dilshod Saitovning holati tushunarli, u deyarli bir yil futbol o‘ynamadi. Umuman, birinchi taymdagi o‘yinimiz kutganimizdek bo‘lmadi. Rejalarimiz o‘xshamadi. Balki quyosh halaqit qilgandir”.

“Biz nafaqat jamoamiz uchun qayg‘uramiz, balki undanda balandroq va muhimroq narsalar haqida qayg‘uramiz. Milliy terma jamoalarda o‘ynayotgan futbolchilarimizni ko‘rib quvonamiz. Chunki, maqsad ham aslida shunday. Ular terma jamoalarda bizning jamoamiz a’zosi sifatida harakat qiladilar, bu esa biz uchun faxrlanadigan faktor”.

“Zaxira o‘rindig‘imiz yetarli darajada futbolchilarga ega emas. Shu bois, zaxiradan maydonga futbolchi tushirishda unchalik shoshmadik. O‘yinni kuchaytira oladigan futbolchilar yetarli emas hozircha. Shunchaki, 3-4 daqiqaga futbolchi tushirsak, ular o‘yinga kirishib keta olmasligi mumkin deb o‘yladik rosti. Zaxiramiz tor va shunga majburmiz hozircha”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb