Mirjalol Qosimov: Natija o‘yinga mos bo‘lmadi

Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan OKMK – “Paxtakor” (1:2) uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi va buni hozir yigitlarga ham tushuntirdim. O‘z aybimiz sabab mag‘lub bo‘ldik. Birinchi bo‘lim bo‘yicha yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q, ikkinchi taymda ham xuddi shu ruhda davom etish kerak edi. Goldan so‘ng nima bo‘lganini tushunmay qoldim. “Paxtakor” tarkibida malakali futbolchilar to‘p tepadi va ular bunday vaziyatlarni kechirishmaydi. Bu ham o‘ziga xos tajriba, hayot davom etadi.

Haqnazariy shamollab qolgandi va tana harorati yuqori ekanligi sabab kecha mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmadi. Shu sababli bugun zaxirada qoldi”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb