Asror Aliqulov: Kartochkalardan ko‘p aziyat chekyapmiz

Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“So‘g‘diyona”ning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, ularga g‘alaba suv va havo kabi zarur ekanligini anglagan holda futbolchilarga ehtiyot bo‘lishni ta’kidlagan edim. Kartochkalardan ko‘p aziyat chekyapmiz. Birinchi qizil kartochka olgan futbolchining dastlabki sariq kartochkasini bermasa ham bo‘lar edi, ikkinchisida esa futbolchining o‘zi xato qildi. 10 kishi qolgan bo‘lsak-da, yaxshi himoyalandik. Son jihatdan kamchilik ekanligimiz sabab futbolchilarda charchoq sezila boshladi qanotlardagi kurashlarni boy bera boshladik. Bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirdik, ammo shunga qaramay, gol o‘tkazib yubordik. Bugun oxirigacha harakat qildik, biroq kuchimiz yetmadi. O‘ylashimcha, son jihatdan tenglik bo‘lganida, o‘zimizga kerakli natijaga erisha olardik”, – dedi Aliqulov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb