Sergey Arslonov: Jamoa erishayotgan natijalar futbolchilarning mehnati samarasi

Coca Cola Superliga 7-turida “Bunyodkor”ni kichik hisobda mag‘lub etgan “Surxon” klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov jamoaning bugungi yutuqlari futbolchilarning mehnati samarasi ekani, Jumaev uchun uzoq kutilgan natija, chetlatishdan so‘ng jamoa o‘z taktikasini o‘zgartirgani va muxlislar haqida gapirdi.

“Avvalo, yana aytishim kerakki, bugun ham turli voqeliklarga boy o‘yin ko‘rdik. Futbolchilar aynan shunday o‘yinlarda chiniqishadi. Ular g‘alabaga haqli edila rva bugungi g‘alaba uchun rahmat aytaman. Bu ularning mehnatlari samarasi.

Jumayev uchun alohida xursandman. U bunga uzoq yo‘l yurib keldi. Tinim bilmay mehnat qildi va bugun mehnatlari mevasini ko‘rdi. Quvonarlisi, undagi o‘sish o‘yindan o‘yinga ko‘zga tashlanmoqda.

“Bunyodkor”dek tartibli o‘yin namoyish etadigan jamoalarga qarshi bir kishi kam bo‘lib o‘ynash albatta qiyin. Albatta, futbolchimiz chetlatilganidan so‘ng taktikamizni biroz o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Ammo, futbolchilarga rahmat, ular bugun g‘alaba uchun borlarini berishdi va oxirigacha turib bera olishdi.

Zamonaviy futbolni hozir muxlislarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu juda muhim faktor. Futbolchilar ham buni ko‘rib, bilib turishibdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim. Ularni doim ko‘rishdan xursandmiz va stadionlarda kutib qolamiz”, – dedi Arslonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb