“Bobur arena” maysasi may oyining ilk o‘n kunligida tayyor holatda bo‘ladi

Coca-Cola Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmayotgan “So‘g‘diyona” stadioniga katta futbol 13-may sanasidan boshlab qaytishi haqida xabar bergandik. Ayni vaqtda “Bobur arena” o‘yingohida ham ishlar jadal davom etmoqda. 

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, stadion maysasi 10-mayga qadar futbol uchrashuvlarini qabul qilish uchun to‘la tayyor bo‘ladi. Biroq projektor masalasida biroz kechikish bor. “Bobur arena” projektorlari OFK talablariga mos ravishda yaxshilansa, Andijon viloyatining ikki jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini “Bobur arena”da o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb