Ro‘ziqul Berdiyev: Yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi

Coca-Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qizil kartochkaga qadar o‘yin bizning nazoratimizda o‘tdi. Bugun yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Boisi, bunga qadar to‘p nazorati bizda edi, vaziyatlar yaratayotgan, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmayotgan edik. Chetlatishdan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. Uchrashuv so‘nggida diqqatni yo‘qotdik va shu bilan birga ikki ochkoni boy berdik. Bu juda ham alamli...

Bizda penaltidan ham yaxshiroq vaziyat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Nasrullaevda, ikkinchi bo‘lmda Bozorovda imkoniyatlar bo‘ldi. Penaltini bizda Rahmatov hamda Sidiqov amalga oshirar edik. Bellashuvdan oldin kimda o‘ziga ishonch bo‘lsa, amalga oshirishni ta’kidlagan edik. Sherzod zarba berdi, ammo Sultonov yaxshi harakat qildi”, – dedi Berdiyev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb