Vesko Steshich: Raqib qizil kartochka olgan vaziyatga qadar ham juda yaxshi o‘ynayotgandik

Coca-Cola Superliga 6-turi doirasida o‘z maydonida OKMKni mag‘lub etgan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshich g‘alaba, raqibning motivatsiyasi, tanlangan taktika va futbolchilarning holati haqida gapirdi.

“O‘yinni juda yaxshi boshlay oldik. Raqibning qizil kartochka olgan vaziyatigacha raqib darvozasi oldida ko‘plab hujumlar uyushturdik, imkoniyatlar yaratdik. Goldan keyin yanada yaxshiroq o‘ynadik va haqli g‘alabaga erishdik. Sport ichidagi inson sifatida aytishim mumkinki, qizil kartochka olish menga ham uncha yoqmaydi. Bu juda yoqimsiz holat va raqibni tushunaman”, - dedi Steshich.

“Bu shunchaki o‘yin emas, mintaqaviy derbi hamdir. Raqibning motivatsiyasi kuchli ekanini bilardik. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgan edik. Kubokda ham bugungi o‘yin uchun tayyorgarlik sifatida aralash tarkibni maydonga tushirgan edim”.

“Bugun to‘g‘ri taktika tanlaganimiz tufayli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman. Shogirdlarimda motivatsiya kuchli edi. Ular maydonga ko‘zlari yonib tushishdi”.

“Zabihillo O‘rinboyev katta hajmdagi ishni bajaradi. Uning maydondagi harakatlarini kuzatishingiz va buni ko‘rishngiz mumkin. Bugun biroz charchab qoldi. Ammo, umid qilamanki, uning jismoniy holati yaxshi. Jismoniy tayyorgarlik masalasi yaxshi deya olaman”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb