Coca-Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – OKMK (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Og‘ir xatolarimiz sabab mag‘lub bo‘ldik. Birinchi bo‘limda o‘yin tizginini o‘z qo‘limizga olganimizda, kutilmaganda sodir bo‘lgan chetlatish sodir bo‘ldi va uchrashuvning borishini o‘zgartirib yubordi. 10 kishi qolgan bo‘lsak-da, dastlabki taymni yaxshi o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda tushunarsiz xatolar sabab, imkoniyatni boy berdik. Yuqori maqsadni qo‘ygan jamoa futbolchilari bunday xatoga yo‘l qo‘yishi kerak emas. Darvozabon yarim jamoa deb bejiz aytishmaydi. Rahimov birinchi golda vaqtliroq chiqishi kerak edi, ikkinchisida esa joyida qolishi lozim edi”, – dedi Qosimov.