Aleksandr Xomyakov: Tezroq uyimizda o‘ynashni istaymiz

Coca-Cola Superliga 6-turi doirasida safarda “Navbahor”ga mag‘lub bo‘lgan “Andijon” klubi ustozi Aleksandr Xomyakov, mag‘lubiyat sabablari, andijonlik muxlislar, raqibning kuchli jihatlari va Andijondagi stadion haqida gapirdi.

“Navbahor”ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun aytarli vaziyat yarata olmadik. Asosan qarshi hujumda o‘ynashni reja qilgandik. Himoyada yaxshiroq o‘ynab, o‘rta blokdan qarshi hujum qilishni istagan edik. Buning uddasidan chiqa olmadik. Butun o‘yinda birgina vaziyat yaratdik”, - dedi Xomyakov.

“Stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat. Ularni xursand qila olmadik. Qolgan uchrashuvlarda ularni xursand qilishga harakat qilamiz”.

“Navbahor” futbolchilari to‘pni nazorat qilishda, pozitsiyalar bo‘yicha bizdan yaxshi o‘ynashdi. Ular bizga maydonda aytarli imkoniyat qoldirishmadi”.
“Albatta, uydagi o‘yinlarda devorlar ham senga yordam beradi. Biz ham shuning uchun o‘z stadionimiz bitishini va uyda o‘ynashni istaymiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb