Maksim Shatskix: O‘yin vaqtida turli taktik sxemalarni qo‘llay olamiz

Coca-Cola Superliga 5-turi doirasida o‘z maydonida “Qizilqum” ustidan g‘alaba qozongan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shatskix jamoa haqli g‘alaba qozongani va tarkib mashg‘ulotlardan kelib chiqib tanlanishi, yosh futbolchilar va taktik sxemalar haqida fikr yuritdi.

“O‘yinda ustunlikka erishib haqli tarzda g‘alaba qozondik. O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Raqibda birinchi taymda birgina imkoniyat bo‘ldi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik va g‘alabaga erishdik”, - dedi Shatskix.

“Asosiy tarkibda kimlar tushirilishi mashg‘ulotlar jarayonida hal bo‘ladi. Kim, qanday holatda, qanday sport formasida ekanligidan kelib chiqib tarkib tanlaymiz. Shuningdek, raqibga ham qarab tarkib va taktika tanlashimiz mumkin. Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo‘q. Barchada imkoniyat bir xil”.
“Yoshlar ishonchimizni to‘liq oqlashdi. Ularga barcha o‘yinlarda imkoniyat berishga harakat qilamiz. Keyingi turlarda ulardan foydalana olmaymiz, yana terma yig‘inlariga ketishadi”.

“O‘yin vaqtida taktik sxemalarimizni bemalol unisidan bunisiga almashtira olamiz. Bunga salohiyatimiz etadi. Turli raqib, turli vaziyatlardan kelib chiqib, taktikamizni bemalol o‘zgartira olamiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb