
Coca-Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Bugun "Paxtakor" Bekobodda "Metallurg"dan ustun keldi, "Bunyodkor" hamda "Turon" durangga imzo chekdi.
Coca-Cola Superliga. 4-tur
2-aprel, yakshanba
Bekobod. "Metallurg" stadioni. 5201 tomoshabin
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov, Ibrohim Ismoilov
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
AVAR hakami: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Said Shohruh
Gollar: Dragan Cheran, 41 pen (0:1), Dragan Cheran, 69 (0:2), Dragan Cheran, 80 pen (0:3), Husniddin G'ofurov, 85 pen (1:3)
Ogohlantirishlar: Abrorbek Toshqo'ziyev, 51 — Maksim Shatskix, 28 (murabbiy), Giorgi Papava, 68, Behruzbek Asqarov, 86.
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 999 tomoshabin
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Nikita Mustafin
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Sanjar Shoyusupov
Nazoratchi: Ma'mur Saidqosimov
Komissar: Zohirjon Akramxonov
Ogohlantirishlar: Shohruhbek Abdurahmonov, 26 — Bilolxon Toshmirzayev, 45+4, Quvondiq Ro'ziyev, 65, Baxtiyor Ashurmatov (murabbiy, o'.k).