Liga litsenziyalash jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi

OFK nazorati ostida o‘tkaziladigan klublarni litsenziyalash jarayoni o‘zining hal qiluvchi bosqichiga kirdi.

Bilasizki, futbol klubi 5 ta mezon bo‘yicha zarur hujjatlarni AFC CLAS platformasiga yuklaydi. Osiyo klublari musobaqalari kuz-bahorga o‘zgargach, litsenziyalash muddatlari ham tabiiy ravishda o‘zgardi. Klublarimiz yanvar, fevral va mart oylarida sport, infratuzilma, ishchi-xodim, huquqiy mezon bo‘yicha hujjatlar to‘plamini taqdim etdi. Oldinda faqat moliyaviy mezon sifatida auditorlik hisobotlari va buxgalterlik hujjatlarini topshirish qolmoqda.

Liga sa’y-harakatlari evaziga bu yil qator ko‘rsatkichlarga erishildi. Jumladan:

▪️O‘zbekistonning 25 ta klubi OFK litsenziyalash jarayonida ishtirok etmoqda, bu biz uchun rekord ko‘rsatkich;

▪️faqatgina Yaponiya va O‘zbekiston uchta divizion klublarini litsenziyalashga jalb qilgan.

2020-yil Liga ilk marta Pro liga qatnashchilarini litsenziyalash jarayoniga qo‘shgandi, bu yildan boshlab ilk bora Birinchi liga klublari ham unda ishtirok etadi: “Do‘stlik Toshkent”, “Yangier”, “Zomin”.

Uzoq yillar davomida o‘zbek klublari uchun jiddiy muammo bo‘lib kelgan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar diplomi masalasida yaxshi o‘zgarishlar bor. Liga 2020-yildan boshlab muntazam ravishda Fitness murabbiylik o‘quv kurslari tashkil etishga chaqirib keldi va 2022-yilda o‘zbekistonlik jismoniy tayyorgarlik murabbiylari uchun AFC Fitness Level o‘quv kurslari tashkil qilindi. Endi aksar klublarimizda tegishli mutaxassislik litsenziyalari mavjud murabbiylar bor.

Ma’lumot uchun, iyun oyi so‘ngida OFK litsenziyasiga ega chiqqan klublar nomi rasman ma’lum bo‘ladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb