Aleksandr Yejov: O‘yin sifati borasida “Surxon”dan yaxshi harakat qildik

Coca-Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Buxoro” (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Aleksandr Yejov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Gol kiritishimiz ham mumkin edi, vaziyatlardan foydalana olmadik. Qolaversa, uchrashuvning dastlabki 10 daqiqasida konsetratsiyani yo‘qotdik va o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Jarohatdan sog‘ayib qaytgan futbolchilarimiz jismoniy jihatdan o‘yinga to‘liq tayyor emas. O‘yin jihatdan “Surxon”dan qolishmadik” – dedi Yejov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb