Mirjalol Qosimov: Bugun ikki ochko yo‘qotdik

Coca-Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – OKMK (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, lekin durang natija har ikkala jamoani ham qanoatlantirgani yo‘q. Xatolarimiz ham bir xil bo‘ldi. Gol kiritganimizdan so‘ng menga futbolchilar hisobni saqlab qolishga harakat qilishga intilgandek tuyuldi. Farg‘onaliklar ham shunday taassurot qoldirishdi. Darvozabonlar masalasida ilgari ta’kidlaganimdek, ular qutqarmasa, qiyin bo‘ladi. Bugun ikki ochko yo‘qotdik”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb