Murod Otajonov: Hisob 3:0 bo‘lsada, o‘yin qiyin o‘tdi

Coca-Cola Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Bunyodkor” (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jamoaning o‘yini endi o‘ziga kelib bormoqda. Hisobni ko‘rgan muxlislar “Bunyodkor” oson g‘alabani qo‘lga kiritdi deb o‘ylashlari mumkin. Yo‘q, bugun uchrashuv qiyin o‘tdi. Bunday bellashuvlar qancha ko‘p bo‘lsa, yosh futbolchilarimiz ham o‘sib boradi”, – dedi Otajonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb