Mirjalol Qosimov: “Olimpik”ka qarshi safarda o‘ynash qiyin

Coca-Cola Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – OKMK (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi bahs biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. O‘tgan uchrashuvda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan edik. Bugun esa xatolar kam bo‘ldi va shu sabab g‘alaba qozondik. “Olimpik” jamoasiga qarshi safarda o‘ynash juda ham qiyin. Shunga qaramasdan, g‘alabaga haqli edik.

Denisovni yoshligidan bilaman. Birinchi bo‘limda sariq kartochka olgan edi. Qolaversa, bellashuv keskin kurashlar ostida o‘tgani uchun uni zaxiraga oldim. Hamralievni jamoamizga jalb qilmoqchi edik, ammo u “Paxtakor”ni tanladi”, – dedi mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb