“Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi 2022-yilgi mavsum uchun pulka musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, keyinchalik Liga a’zosiga aylangandi. O‘tgan mavsumni jamoa 14 klub ichida 8-o‘rinda yakunladi.
Joriy mavsumga kelib “Qumqo‘rg‘on-1977” bir qator mahalliy homiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish harakatlarni amalga oshirmoqda. Shundan kelib chiqib, “Qumqo‘rg‘on-1977” O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi talabi asosida o‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan qator futbolchi va murabbiylardan qolib kelayotgan qarzdorliklarni qisman to‘lashga erishdi. Qarzdorlikning qolgan qismini to‘lash yuzasidan jamoa futbolchilar bilan kelishuvga ega. Mazkur holat Liga nazoratida turadi.
Ma’lumot uchun, “Qumqo‘rg‘on-1977” jamoasi Liga talab qilgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo‘ldan chiqargandi. Jamoa kubokdagi yurishini saralash o‘yinlari orqali boshlaydi.