Mirjalol Qosimov: Rahimov ham shunday xato qilishi mumkin edi

Coca-Cola Superliga 2-turidan o‘rin olgan OKMK – “Bunyodkor” (2:3) uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Oddiy vaziyatlarda ham xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi bo‘limda o‘zimiz ularga vaziyatlar yaratib berdik. “Bunyodkor” zich himoyalandi. Raqib hujumchilari ham qarshi hujumda noqulayliklar yaratdi. Penalti ham yo‘q joydan sodir bo‘ldi. Komilov noto‘g‘ri pas berdi. Qolaversa, Ergashev ham oddiy o‘ynab, to‘pni maydondan chiqarib yuborishi kerak edi. Ketma-ket yo‘l qo‘yilgan xatolar qimmatga tushdi.

Men qo‘l ostimdagi barcha futbolchilarga imkon berishga harakat qilaman va tez-tez rotatsiya qilaman. Bunday xatolar hammada ham uchrashi mumkin, masalan Rahimov ham xuddi shunday gol o‘tkazishi mumkin edi. Jamoalar hali jismonan tayyor emas. “Nasaf”ning kechagi bahsi ham bunga misol bo‘ladi. Oldimizga katta maqsad qo‘yilgan ekan, bunday xato qilish yaramaydi”, – dedi Qosimov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb