Bu haqda klub Ligaga o‘tgan yilning dekabr oyida ma’lum qilgandi. O‘shanda “Andijon-SGS” jamoasining Pro ligada ishtirok etishi masalasi Liga Ijroqo‘mi tomonidan ko‘rib chiqilmagandi.
Kecha — 9-mart kuni xalqaro turnir uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, “Andijon-SGS” musobaqaning H guruhida Kataloniyaning “Sporting Badalona”, “Vospak”, AQShning “Kuinz Siti” jamoalariga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, tashkilotchilar 9 ta yosh toifasida musobaqa tashkil etmoqda. Andijon jamoasi esa uning 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi turnirida qatnashadi. Xuddi yosh toifasida “Sevilya”, “Marsel”, “Real Sosyedad”, “Betis” kabi mashhur jamoalar yoshlari ham ishtirok etmoqda.
Andijonlik futbolchilar 3-aprel kuni Kataloniyaga jo‘nab ketadi. Shundan kelib chiqib, Liga “Andijon-SGS” jamoasining O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 2-aprel sanasiga belgilagan. Uning Pro liga doirasidagi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘yini esa boshqa sanada bo‘lib o‘tadi.
“Andijon-SGS” Pro liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan futbolchilar bilan mana bu havolada, klubning rasmiy saytimizdagi sahifasi bilan esa bu erda tanishib olish mumkin.