“Lokomotiv-BFK” Birinchi ligadagi ishtirokini davom ettiradi

2022-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Birinchi ligani 14-o‘rinda yakunlagan “Lokomotiv-BFK” qatnashchilar safida qoladi. Xabaringiz bor, “Lochin” hamda “Neftgazmontaj” jamoalari musobaqadagi ishtirokini erta yakunlashga majbur bo‘lganidan kelib chiqib, finishga qadar 14 ta ishtirokchi etib kelgandi. Oqibatda mazkur ikki jamoa qatnashchilar safidan chetlashtirilgan.  

“Lokomotiv-BFK” bir necha yildan buyon Liga qatnashchilari ro‘yxatida mavjud. Bosh direktor Muslim Pirmuhamedov boshqaruvidagi jamoa tasdiqlanga smeta asosida homiylar tomonidan muntazam moliyalashtirib kelinadi. 

2023-yilda ham jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Toshkent shahar futbol akademiyasiga qarashli maydonda o‘tkazadi. Liga tashkilot va jamoa o‘rtasida tuzilgan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb