O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga 7-mart kuni qur’a tashlanadi

Liga O‘zbekiston kubogi musobaqasiga 7-mart kuni qur’a tashlaydi. Jarayon 18:00 dan boshlab “Sport” telekanali orqali jonli efirga olib chiqiladi. 

Musobaqa guruh bosqichida 32 ta jamoa o‘zaro sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Format bilan to‘liq mana shu havola orqali tanishish mumkin. 

Qur’a davomida jamoalar hech qanday savatlarga ajratilmaydi. Superliga va Pro liga klublari, shuningdek, Birinchi liganing ayrim klublari guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb