
Coca-Cola Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mavsumning ilk o‘yini ekani bois hayajon bor edi. Shu sabab, birinchi bo‘limda oddiy vaziyatlarda ham to‘pni yo‘qotgan holatlar uchradi. Umuman olganda, birinchi daqiqadan so‘ngi soniyaga qadar o‘yinni nazorat qildik. Hisob bundan kichik ham, yirik ham bo‘lishi mumkin edi. Ko‘rinib turibdiki, mavsumda o‘tkinchi bahslar bo‘lmaydi. Sababi, jamoalar seleksiyani yaxshi olib borishdi. O‘ylashimcha, 2023-yilgi mavsum, avvalgisidan ham qiziqarli o‘tadi.
O‘zgarishlar, muxlislarning xayqiriqlari sabab ro‘y bermadi. Ularni maydondagi vaziyatdan kelib chiqib amalga oshirdim. Bizda har bir pozitsiyada potensiali yuqori bo‘lgan ijrochilar bor”, - dedi mutaxassis.