
Coca-Cola Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugungi bahs raqibning rejasi asosida davom etdi. Butun o‘yin davomida himoyalanib, payt poylashdi. “Andijon” shuni ko‘zlagan edi va maqsadiga erishdi. So‘nggi vaqtlarda uy uchrashuvlarini og‘irroq o‘tkazyapmiz. O‘tgan mavsum ham, bu mavsum ham... Buning sabablarini o‘rganamiz. Mag‘lubiyatni ham qabul qilish lozim.
Jamoamizga mahorat etishmadi. Raqib himoyalanganida qiynalyapmiz. Shuning uchun, standart vaziyatlardan, yarimta imkoniyatdan ham unumli foydalanish lozim”, – dedi mutaxassis.