“Yangiyer-quruvchi” Birinchi ligada ishtirok etadi

Pro liga qatnashchisi uchun qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajara olmagan “Yangiyer-quruvchi” futbol klubiga 2023-yilgi mavsumni bitta quyi ligada o‘tkazish taklif etilgandi. Kecha — 3-mart kuni jamoa Liga oldidagi moliyaviy majburiyatini yopdi. Shuningdek, yangiyerliklar 2023-yilgi mavsum uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi, shtat birliklari jadvali, shuningdek, jamoa uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Yangiyer” stadioni bo‘yicha hujjatlarni Ligaga taqdim etdi. 

Jamoa 2022-yilgi mavsum davomida futbolchilar, murabbiylar va ishchi-xodimlar oldidagi qarzdorliklarini bartaraf etish ustida ishlayapti. Mazkur masalaning qanday hal etilishi jamoaning yozgi transfer oynasidagi harakatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, “Yangiyer-quruvchi” 2019-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. U 2020-yilda Birinchi liga g‘olibi sifatida Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2021-yil Pro ligada 6-o‘rinni, 2022-yilda 7-o‘rinni band etgan. Biroq Pro liga talablari 2022-yil davomida bajara olmagan. Ayni vaqtda jamoa ijrochi direktori sifatida Yorbekjon Mamatqulov faoliyat olib bormoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb