Yorqin Nazarov: “Bunyodkor” birgina vaziyatdan unumli foydalandi

Coca-Cola Superliga 1-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Birinchi bo‘limda vaziyatlar yaratdik. O‘sha vaziyatlarni golga aylantirish kerak edi. Ikkinchi taymda esa o‘yin nazorati nimagadir raqib tomonga o‘tdi. Birgina vaziyatdan unumli foydalanishdi.

Jasur Hasanov jamoa sardori sanaladi va asosiy tarkib futbolchisi hamdir. Zaymovichdan ko‘proq narsa kutgan edim. Uning o‘rniga tushgan Serderov esa 3 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Ishlashda davom etamiz”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb